O‘tganlarni yaxshi nom bilan eslash!
Assalomu alaykum! Shu kunlarda yurtimiz aholisi o‘rtasida tirik insonlarga bilib bilmay turib tuhmat toshlarini otish, o‘tgan insonlarni, ayniqsa, shu yurt va uning farovonligi uchun o‘z jonini bag‘ishlagan insonlarni tanqid qilish, ularni yomon so‘zlar bilan eslash juda ko‘p hollarda uchramoqda. Ba’zan kurakda umuman turmaydigan so‘zlar ishlatiladi. Bu, o‘z o‘rnida, ko‘plab insonlarni ham dilini xira qilmoqda. Va shunday so‘zlarni aytuvchilar, ko‘pincha, yurtimizdan olisda bo‘lganlar bo‘lib chiqmoqda. Iltimos, shunday insonlarga bir nasihat qilinglar. Zora shundan keyin bu xatti-harakatlari noto‘g‘ri va jazoga loyiq ekanligini tushunib etsalar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tgan insonlarni yomonlash shariatimizda qaytarilgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اذْكُرُوا مَحَاسِنَ مَوْتَاكُمْ وَكُفُّوا عَنْ مَسَاوِيهِمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«O‘lganlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar. Ularning yomonliklaridan tiyilinglar», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharif oldin kelgan hadislardagi ma’nolarni ta’kidlash bilan birga, ikki ish¬ni — o‘lganlarning faqat yaxshiliklarini zikr qilish bilan yomonliklarini mutlaqo zikr qilmaslikni jamlab kelmoqda.
Afsuski, musulmonlar ichida ham boshqa milatlardan ta’sirlanib, o‘lganlar haqida yomonliklarni zikr qilish, ularni turli yo‘llar bilan haqoratlash juda keng tarqalgan. Ushbu hadislarga amal qilib, bu noshar’iy ishga barham berish lozim. O‘lgan musulmonlarning faqat yaxshiliklarini zikr qilib, ba’zi bir kamchiliklari bo‘lsa, ular haqida gapirishdan tiyilish lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
Mabodo kimlardir mazlum bo‘lgan bo‘lsa qiyomatda albatta haqqini oladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:21 | Savol-javoblar | 131 | Dolzarb savollar