To‘yda noshar’iy narsalarni qo‘yishmoqchi

Assalomu alaykum! Men uylanmoqchi edim, uydagilarim shariatimiz qaytargan narsalarni to‘yda qilishmoqchi. Ya’ni spirtli ichimliklar. Men shu ishlariga norozi bo‘lib otamga “agar to‘yimda shu spirtli ichimlik bo‘lsa to‘yga rozimasman” deb otamni gapiga qarshi chiqsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishni avvalini Alloh rozi bo‘ladigan ish bilan boshlashni harakatini qiling. Hindlarda bir odat bor, ular molni muqaddas bilganlari uchun avval qozonni yaxshilab kuydirib tozalaydilar, keyin muqaddas deb bilgan molning tezagini unga ishqab chiqadi. So‘ng unga yog‘ solib boshqa masalliqlarni ham solishadi. Tabarruk bo‘lsin uchun sigirni bavlidan idishga olib ovqatning ustiga qo‘li bilan sepib ham qo‘yishadi. Siz bu odatni eshitib tabiatingiz kir va undan nafratni his qilishingiz mumkin, lekin bizda bo‘layotgan shu kabi odatlar ham bundan kam emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:54 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar