Zinoda ayblash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Kuni kecha bir voqea yuz berdi: Bir ayol otasini boshqa ayol bilan zino qilganlikda ayblab, dalillarsiz o‘zga shaxslar oldida otasini oqlash va ayolni xorlash maqsadida jar solishi, vaholanki zino so‘ziga asos bo‘lmagan. Surishtirilganda (nikoh) o‘qilgani ayon bo‘ldi. Bu holatda otasi haqida shunday xunuk so‘zlarni ishlatganiga ahvoli nima bo‘lishi mumkin? Gaplarining ma’nosida (Otasining avratlari haqida ham ma’no ketmoqda ya’ni "jinsiy yaqinlik").
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu o‘ta noto‘g‘ri ish. Katta gunoh bo‘ladi. Agar isbotlab bera olmasa, unga darra urilishi kerak bo‘ladi. Albatta, bu ish bugun yo‘q. Endi o‘sha jazo qiyomatga qoladi.

26 May 2022, 18:48 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar