Tanadan tashqaridagi ba’zi hollar haqida
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Muhtaram shayx hazratlari.Olamlarning Egasi sizni Imonda,Islomda,Ibodatda,Ilmda ziyoda qilsin.Quyida ancha vaqtlardan buyon aksar medisina vakillariga yaxshi ma‘lum bo‘lgan holat-og‘ir xastalik paytida yoki klinik o‘lim chog‘ida sodir bo‘ladigan ajib hodisalar haqida so‘ramoqchi edim.Bunday holatlarni boshdan kechirganlarning aksariyati o‘z tanasini yuqoridan turib kuzatgani,atrofda sodir bo‘layotgan voqealardan to‘la voqif bo‘lgani,ba‘zan esa qaerdaligini fizik jihatdan aniqlab bo‘lmaydigan makonlarga borgani haqida so‘zlaydi.Ushbu munosabat bilan sizdan quyidagilarni so‘ramoqchi edim:1.Mazkur hodisalar Rasul S.A.V. davrlarida ham bo‘lganmi?Agar bo‘lgan bo‘lsa,Rasul S.A.V. qanday munosabat bildirganlar?2.Yuqoridagi hollarni boshidan o‘tkazganlar o‘lib tirilganlar sanaladimi?Ularning bunday holga tushishlariga o‘lim farishtalari ham hissa qo‘shadimi?3.Internet sahifalarida shunday insonlar haqida ham o‘qidikki,ular maxsus mashqlar yordamida ruhlarini tanalaridan chiqarib,qandaydir astral maydonda sayr qilib yurishar emish.Bu borada dinimizda nimalar bayon qilingan?Inson o‘lmasdan turib ham ruhi bilan qaerlardadir sayr qilib yurishi mumkinmi?Javobinigz uchun oldindan rahmat.Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi holatlar haqida hali ilmiy izlanishlar bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Ikkinchidan ruhiy dunyoda har xil holatlar bo‘lishi turgan gap. Misol uchun uyquni olib ko‘rish ham mumkin.“Alloh jonlarni o‘limi vaqtida, o‘lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o‘lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddatgacha qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir” Zumar. 42.Ushbu oyat ma’nolari ham Alloh taoloning vahdoniyatiga yorqin dalildir. Dunyodagi barcha ishlar yolg‘iz U zotning O‘ziga bog‘liqligini bildiradi.«Alloh jonlarni o‘limi vaqtida, o‘lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur».Har lahzada qanchadan qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma’lum muddat uxlaydi, o‘shanda u o‘likka o‘xshab yotadi. Uning joni nima bo‘ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor.Jonlarni o‘lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo‘ladi.«Bas, o‘lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddatgacha qo‘yib yuborur».Kimning qazosi etgan bo‘lsa, uyqusidan qayta uyg‘onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali etmaganlarning jonini qo‘yib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam har kech yotayotganlarida: «Robbim, sening isming ila yonimni qo‘ydim. Sen bilan uni ko‘tarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni mag‘firat qilgin. Agar uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin», degan duoni o‘qib uyquga ketar edilar.«Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir».Alloh taolo nimani istasa shu bo‘ladi.
27 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 178 | Aqiyda