Halovatni yo‘qotgandayman
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, maslahat beringlar menga nima bo‘ldi o‘zim ham bilmayman. Oldinlari namozga o‘zgacha hushu bilan kirar edim. Xozirda buni yo‘qotgandayman, yuragim aynan namoz boshlayotganimda huddiki qizib yonayotganga o‘xshaydi. Bundan bir necha oy oldin namozda juda ko‘p yig‘lar edim, gunoxlarim ko‘z oldimdan o‘tar, Allohning azobini his etar edim. Bugun esa men o‘zimni munofiq bo‘lib qolyabmanmikin deb shubxalanib qoldim. Shu hayolimga kelishi bilan kalima yoki istig‘for, tasbeh aytayapman. Lekin bri bir ko‘nglim no tinch yordam beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir texnikani o‘z harakatga keltiruvchisi bo‘ladi. Masalan mashinalarniki benzin. Benzinning turiga qarab mashina harkatlanadi. Yomon benzinga kuni qolgan mashinani ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Xuddi shuningdek insonni toat va gunohga harakatlanishi uning eb ichgan luqmasining pokiza yoki haromligiga qarab bo‘ladi. Namoz, ro‘za, tilovati Qur’on va haj qilolmayotgan insonlar eyayotganlariga ko‘proq ahamiyat berish kerak. chunki ularda salomatli k o‘z joyida bo‘lsa ham ichiga tushgan narsasi ularni namozga turgizolmaydi. Ro‘za tutishga sabr qildirolmaydi. Bunga ularning kuchlari etmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 168 | Namoz