Tahorat duolari

Assalomu alaykum! Ba’zi kitoblarda tahorat paytida har bir a’zolarni yuvishdan oldin aytiladigan duolar keltirilgan. Bir joyda o‘qishimcha bu duolarni aytish sunnatda yo‘q, bid’at deyilgan. Har bir a’zoni yuvayotganda duo aytish joizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Bularni aytish sunnatdan” deb aytish joiz emas. Ammo inson uchun duo qilish chegaralab qo‘yilmagan. Aytish sunnat deb e’tiqod qilish ham odat qilib olish ham noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 212 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar