Eri chet elga ketgan ayol
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, oldindan uzr so‘rayman. Bir tanish ayolim maxallamdan. Hozirda beva 2ta farzandi bor. Eri chet elga ketib ancha ya’ni(5-6)yillar kelmay ketgan. U eri telefon orqali “ketsin uyimdan, yo‘lini topsin” deyaverganiga ota uyiga 2 bolasi bilan qaytib yashab kelyapdi. Orada aloqa bo‘lgani uchun jinsiy tomondan ancha davolandi. Men ham oilaliman, savolim shu ayolni sir tutgan xolda ya’ni xech kimga bildirmay, yashirin nikohimga olsam bo‘ladimi? U ayolga 5-6 yil eri bilan bo‘lmagani uchun taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 5-6 yil birga bo‘lmagani uchun taloq tushmaydi. Ajrashishga dalolat qiladigan so‘zlarni aytgan bo‘lsa eridan niyati nima ekanligini so‘raladi. Agar taloq maqsadida aytgan bo‘lsa o‘sha aytgan vaqtida taloq tushib, undan keyin uch hayz o‘tgan bo‘lsa, iddasi ham chiqqan bo‘ladi. Masalan ketsin, uyimdan yo‘qolsin degan gap ham taloqqa dalolat qiladi, lekin er nima niyatda aytganini bilish kerak. Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:03 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar