G‘usl qilish kerakmi yoki tahorat etarlimi?
Assalomu alaykum! Ba’zan kunduzi kunlari menda biroz shahvoniy hayollar keladi, garchi hech qanaqa faxsh narsalar ko‘rmasamda. Va xojatda siydikdan keyin oz miqdorda maniy keladi, lekin otilib chiqmaydi. Ba’zan esa, o‘sha shaxvoniy xayollarsiz ham shu holatni kuzataman. Bu holat anchadan beri bo‘ladi. Alhamdulillah 5 vaqt namoz o‘qiyman. Boshida, shu holat bo‘lib qolsa, doim g‘usl qilardim namozlarim nuqsonli bo‘lmasligi uchun. Biroq, oz muddatdan keyin, sog‘ligimda biroz jiddiy muammolar kuzatildi. Shundan keyin faqatgina tahorat qilib kelaman chunki, Allohni o‘zi "O‘zlarigizga zarar etkazmang (o‘ldirmang)" deb aytgan, adashmasam. Nima qilishni bilmay qoldim. Shuning uchun maslahat beriglar, qaysi yolni tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Tahorat ila o‘qigan namozlarim qabul bo‘ladimi? Yoshim 17 da, uylana olmayman hali. Bundan qutilishning yo‘li bormikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo mutaxassis doktorga ko‘rinib, aniqlab oling, sizdagi holat kasallikmi yoki o‘smirlikdagi tabiiy holatmi?
Agar tabiiy holat bo‘lsa, shahvat bilan chiqqanida g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:11 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar