Usmoniylar imperiyasidagi holat

Assalomu alaykum! Tarixni o‘qiganlar Usmoniylar imperiyasi haqida bilishadi. Bu Musulmon imperiya bo‘lib, butun dunyo biladi. Ammo ayrim sultonlari o‘zini «Allohning erdagi soyasi» deb atagan. Bu shirk emasmi? Taxt talashib imperiyaga putr etmasligi uchun, o‘sha davrning shayxlari taxtga yangi o‘tirgan sulton o‘z aka-ukalarini qatl qilishiga ruxsat bergan. Nega Shayx Ul-Islom darajasidagi odam bunday fatvo bergan? Bu gunox emasmi? Agar Islomda taqiq narsaga fatvo berilsa gunohi kimga bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ma’lumotlarni Ovro‘pa stsenariyasi asosida yozilgan tuturiqsiz kitob yoki filmlaridan o‘rganmasdan sof islomiy tarix kitoblaridan o‘rganing. O‘zbekiston tarixiga nazar solsangiz bir vaqtlar millat ozodligi uchun kurashgan fidoiylarimizni xalq dushmani, bosmachi va qonxo‘rlar deb tanishtirishdi. Haqiqatni tanigunimizgacha biz ham shunday deb yurdik. Siz o‘qigan yoki ko‘rgan tarix ham Islom tarixida yashab o‘tgan buyuk shaxslarni qoralash maqsadida fosiqlar tomonidan yolg‘ondan yozilgan. Shariatimizda fosiqlarning xabari qabul qilinmaydi. Qanday xabar qabul qilinishini “Oltin silsila” Sahihul Buxoriy kitobining avvali muqaddimasidan bilib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 165 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar