Nomalum
Assalomu alaykum! Ahli musulmon manda taqdir haqida bir savol bor edi. Misol uchun Aqtubeda bo‘lgan fojiada 52 odam yonib kul bo‘ldi. Bu ham taqdirmi? Qancha ayollar beva qoldi, qancha farzandlar etim. Bolasini dog‘ida kuygan ota onalar haqida gapirmasam ham bo‘ladi. Bunaqa ayanchli taqdir kimga kerak...... Stsenariyni boshqalarni yozishni iloji yo‘qmidi. Ortidan qoladigan farzandlarga, ayollariga, ota onasiga nima gunox.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu gapingiz kufr hisoblanadi. Hadisda yonib vafot topgan shahid deyilgan. Shahidlarning maqomi to‘g‘risida “Ularni vafot topgan demang, ular Robbilari huzuridan rizqlanib turadilar” degan oyat bor. Kaltao‘ylik qilmang, beva qolganlarni ham rizqini beruvchi O‘zidir. Ularni ajrini beruvchi ham O‘zidir. Alloh taolo “Ankabut” surasida marhamat qiladi. أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ 2. Odamlar «Iymon keltirdik», deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi?
Ya’ni «Odamlar iymonni «og‘iz bilangina aytib qo‘yiladigan quruq gap» deb o‘ylaydilarmi? Ular o‘zlaricha, «Iymon keltirdik», deb qo‘ysak, ish bitdi, mo‘min bo‘ldik, uning savobi ham bu dunyoda, ham u dunyoda o‘z-o‘zidan kelaveradi, deb o‘ylaydilarmi? «Iymon» so‘zidan keyin hech qanday imtihon-sinov bo‘lmaydi, deb o‘ylaydilarmi?»
Qadimda ham, hozirda ham ko‘plar iymon haqida xuddi shunday noto‘g‘ri tasavvurda bo‘lganlar. Ularning fikricha, «Allohga iymon keltirdim», deganidan keyin hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laverishi kerak.
Aslida, unday emas. Alloh taolo hamma narsaning yaxshisini yomonidan, haqiqiysini soxtasidan ajratish uchun bu dunyoda sinov-imtihon qoidasini joriy qilib qo‘ygan. Ma’danlarning asli ham o‘tga solinib, toblanganida namoyon bo‘ladi. Yo‘qsa, hamma ma’dan ham sirtidan ma’dan bo‘lib ko‘rinib turaveradi. O‘tda sinalganda esa haqiqiysi boshqalaridan ajrab chiqadi.
Iymon kalimasini og‘izda aytish oson. «Iymon keltirdim», deb har kim ham aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan o‘tishi kerak. Bu esa qadimdan joriy bo‘lib kelayotgan odat.
“Mu’minuun” أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَاكُمْ عَبَثًا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ 115. Nahotki, sizni yaratishimiz behuda bo‘lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?!
Insonning miyasiga turli g‘oyalar ta’sir qilganda shunday to‘g‘ri o‘ylay olmay qoladi. Hatto dahriylarga o‘xshab Alloh taoloning zotida ham fikr yuritishni boshlab qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar