Mozorlarga oqlik tugunni jo‘natish
Assalomu alaykum! Oilamizda bemor inson xalq tabobatida davolaydigan tabibda davolanib, uning amriga binoan qabristonga oqlik(bir parcha oq mato, choy va qand) yuborib, shu erda xizmat qiluvchilarga berishimni, tilovat qilib qaytishimni suradilar. Shu ishim bid’atmi? Bu tugundan niyat nima? Shifo topish bo‘lsa uyda Qur’on o‘qib so‘rayman desam yo‘q deb turib olishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasida marhmat qiladi: وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِالأَزْلاَمِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ 3. Sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, yirtqich egan hayvonlar – magar (o‘lmay turib) so‘yib olsangiz (halol) – va butlarga so‘yilgan hayvonlar hamda cho‘plar ila fol ochishingiz harom qilindi. Bu fisqdir.
«va butlarga so‘yilgan hayvonlar».
Johiliy arablarning turli butlari bo‘lib, ularga atab jonliq so‘yishar va qonini o‘sha butlarga surtishar edi. Bunday hayvonlarning go‘shti, garchi Allohning nomini aytib so‘yilgan bo‘lsa ham, butlarga atab so‘yilgani uchun haromdir.
Oyat davomida katta ma’naviy harom ish ham zikr etilgan.
«Bu fisqdir».
Alloh harom qilgan ishlarni qilmog‘ingiz fisq, ya’ni din amridan chiqishdir. Butlarga so‘yilganlarning qatoriga muqaddas deb bilingan shaxs yoki joy yoki narsalarga atab so‘yilgan narsalar ham atab pishirilgan narsalar ham halol bo‘lmaydi. Shuning uchun ulamolar “biror ulug‘ zotni masalan hajga borgan odamni oyog‘ini ostiga jonliq so‘yish joiz emas. Bunday hayvonlarning go‘shti, garchi Allohning nomini aytib so‘yilgan bo‘lsa ham, o‘shalarga atab so‘yilgani uchun haromdir” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar