Terlashni tahorat yoki namozga ta’siri
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xozirda chet davlatda kemasozlikda ishlayman. Kema to‘liq temirdan yasaladi. Yozning issiq kunlarida xali tayyor bo‘lmagan kema qismlari ichida ishlaymiz. Tabiiyki issiq yozda temir blok ichida ishlash huddi hammomning par xonasiday dim va issiq sharoitda bo‘ladi. Juda qattiq terlaymiz, xuddi suvga botirib olinganday jiqqa xo‘l bo‘lamiz. Namoz o‘qish oldidan imkon qadar kiyimni tartibga keltirib, tahorat olib (g‘usl qilishga imkoniyat yo‘q) shu sharoitda 5 mahal namozni Allohga shukrlar bo‘lsin qazo qilmasdan o‘qimoqdamiz. Savolim: terlab ketgan ahvolimda Peshin hamda Asr namozlarimni o‘qiyotganligim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Terlashning namozga ham tahoratga ham hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Terlashning namozga ham tahoratga ham hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 167 | Namoz