Kitob ko‘radigan domla

Assalomu alaykum! Men folbinlarga qarshiman va islomdagi folbinga borganlarning xukmini xam eshitganman. Shuning uchun xabar topgudek bo‘lsam darxol yaqinlarimni qaytarib kelaman. Endi kitobga qarab aytadigan Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Ergash tabib degani chiqibdi. U issiq sovuq qilinganlarniyu, odamlarning sog‘ligi xaqida, yana kimni moli yo‘qolganlarni aytar emish. Bormanglar desam qishloqdoshlarga u folbin emas kitob ko‘radi deydi. Meni savolim shuki islomda kitob ko‘rish bormi? Yoki bu ham firibgarlikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha yo‘qolgan narsani aytib beruvchini folbin deyladi. Nimaga yoki qaerga qarab aytsa ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 141 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar