Kafe egasi dindan chiqsa

Assalomu alaykum! Bir kafe egasining oilaviy dindan chiqqani xaqida eshitdik. Kafeda ishlovchi tanishlarim u erdagi go‘sht xalol deb aytishmoqda. Shunday bo‘lsada qandaydir sektaga aralashgan kishining kafesida ovqatlanish mumkinmi? Sektaga yordam berayotganday bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida murtad bo‘lsa ham, ishlatadigan go‘shti halol bo‘lsa, u erda ovqatlanishingiz joiz. Ular topgan pulini sektasiga ishlatishini ochiq-oydin aytib oshkora qilmasa siz unga yordam bergan bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar