Xijob xakida

Assalomu alaykum opajon Iltimos tushuntirib bersangiz xijob uzi nima Men avratimni berkitadigan zamonaviy (xar xil rangda, lekin tor bulmagan)kofta yubkalarni kiyib yuraman, lekin rumolni urab yuraman Bunday kiyinishim tugrimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
hijobning lug‘aviy ma’nosi to‘siqdir. shariatda esa ayol kishining Alloh buyurganidek avratlarini to‘sib yurishidir. ayol kishining yuz va qo‘llaridan tashqari hamma a’zosi avrat hisoblanadi. ibodat paytida, nomahramlar oldida ushbu erlarni berkitish kerak, ya’ni hijoblanish. hijob keng, badanning shaklini bildirmaydigan, rangi jalb qilmaydigan bo‘lishi kerak. yupqa bo‘lmasligi kerak. ro‘mol ham ayol kishining ko‘ksini to‘sib turish kerak. hijoblanishdan maqsad, hozirda ko‘plarning tushunchasidagidek bezanish, moda emas, e’tiborni jalb qilmaslikdir. Vallohu A’lam.

20 Aprel 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 158 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar