Zam sura o‘qimasdan rukuga ketish

Assalomu alaykum! Asr namozini 2-rakatini o‘qiyotib Fotiha surasidan keyin zam sura o‘qimasdan rukuga ketib qoldim, oxirida tugatgach sajdai saxf xam qilmay salom berdim, bunday xollarda nima qilinish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zam sura o‘qish vojib edi, siz uchun tark qilgansiz. Sajdai sahv o‘sha kamchilikni to‘ldiruvchi edi, uni ham tark qilgansiz. Bunday namozni agar vaqti chiqmagan bo‘lsa qayta o‘qib olish vojib bo‘ladi, vaqti chiqib ketgach qazosi o‘qilmaydi. Bunday namoz juda katta kamchilik bilan o‘qilgan namozi hisoblanadi. Agar buni bir inson deb tasavvur qilsak bir oyog‘i yo‘qdek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar