ZAGSdagi nikoh haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qizimni turmushga berayotgan edim. Kuyov bilan qizim ZAGS dan o‘tib nikoh o‘qitgani Ko‘kcha masjidiga kirishibdi. Nikox o‘qishdan oldin rozilik olish uchun qizimdan otasini ismini to‘g‘ri aytib qizimni ismini noto‘g‘ri aytibdi, guvoxlar to‘g‘ri ismini aytishsa xam qayta so‘rashda yana boshqa ismni aytibdi shunda qizim xayajondanmi yoki xayodanmi e’tiroz bildirmay roziligini bildiribdi. Bu nikoh halol bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Guvohlar kim aytganini aniq bilishsa bo‘ldi. Ya’ni kelinning dugonasi aytmagan bo‘lsa bo‘ldi. Kuyov aniq, kelin ham aniq, guvohlar ham bag‘ishladim va qabul qildimni kim aytganini eshitib turishibdi. Bunday nikoh bog‘lanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush