Faqat bomdod namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, meni qiynayotgan bir savol bor. Xudo xoxlasa bugundan namoz o‘qishni boshlamoqchiman, xali namoz o‘qishni yaxshi bilmayman. Tanishlarim xich bo‘lmasa bomdod namozini o‘qib boshla, keyin sekin asta boshqa namozlarni xam qo‘shib ketasan deyishdi. Shunday qilsam bo‘ladimi yoki to‘liq o‘rganib olib keyin boshlaganim yaxshimi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tezda boshlang. Alloh muborak qilsin! Imkon bo‘lsa masjidda o‘qishga harakat qiling, shunda tezroq o‘rganasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar