Pulim harommi

Assalomu alaykum! Ustozlar, yaqinda to‘y qilgan edik, shundan ko‘p narsa qatori aroq ham ortib qolgandi. E’tibor bersam kun orada dadam ulfat qilib ularni olib ichishyapti. Shundan keyin men ularni chiqarib do‘konga sotdim. Uning puli men uchun harommi, yaqinda o‘qishga topshirish uchun safarga chiqyapman, harajatlarim uchun shu puldan foydalansam bo‘ladimi? Agar harom bo‘lsa pulni nima qilish kerak? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom narsani savdosi ham undan tushgan puli ham barchasi harom. Harom pulning hukmi faqir-miskinlarga sadaqa qilinib yuboriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:15 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar