Qattiq ezilmoqdaman

Assalomu alaykum! Men bilmasdan aroq-piva sotiladigan joydan kokteyl bilan shunga o‘xshash yana bir ichimlik ichib qo‘ydim. Koreyalik o‘qituvchim menga mehribonchilik ko‘rsatib olib bergan edi. Men o‘zi halol luqmaga ilojim boricha juda qattiq e’tibor beraman. O‘sha ichimlikni olib beraman deganda ham sotuvchisidan tozaligi ichida cho‘chqa mahsuloti yo‘qligi haqida rus tilida amallab so‘ragan edim. Hech qanday yo‘qligini aytishgandi. Ichib bo‘lishim bilan aroq pivalar turgan joyiga ko‘zim tushib qoldi. Kokteylni ham o‘sha tarafda tayyorlab bergan edi. Yuragim ezilib ketyapti. Men Qur’on o‘qishni endigina boshlagan edim. Endi ham o‘qiyversam bo‘ladimi? Namozchi? Chunki xarom luqmadan keyin 40kun duosi qabul bo‘lmasligi haqida eshitgan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qur’onni ham o‘qing namozni ham qoldirmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:16 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar