Meros

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarning qilayotgan ishlaringizga Alloh madadkor bo‘lsin. Men o‘zimga tegishli javob topa olmadim. Men hozirgi kunda xovlimizda onam va oilam bilan 28 sotix erda yashayman. 3 ta akamni otam rahmatli uyli joyli qilib ko‘chirib chiqarganlar. 3 ta opam va 2 ta akam menga rozilik bildirishiyapti. Opamlar xam turmush qilib ketishgan. Onam menga berishligini aytgan 1 ta akamning xotini uyni davo qiliyapti. Bu masalada qanday yo‘l tutsak bo‘ladi? Meros qanday taqsimlanadi? Sizlarga oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Akangizning xotinini u hovlida hech qanday haqqi yo‘q. Akangizning xotinini u hovlida hech qanday haqqi yo‘q. Bor mol-mulkni 8ga bo‘lasiz. Uning 8dan biri marhumning xotini ya’ni onangizga. Undan qolgan moldan o‘g‘illarning har biriga 2 hissadan. Qizlarga 1 hissadan tegadi. Masalan 28 sotix er, binolari, otangizdan qolgan hamma sotsa pul bo‘ladigan narsalar qiymati chiqariladi. Masalan barchasi 72.000 dollar bo‘lsa 8ga bo‘linadi. Shundan 9.000 onangizga, qolgan 63.000ni farzandlarning adadiga bo‘linadi. Sizni aytishingiz bo‘yicha o‘g‘illar o‘zingiz bilan 4ta qizlar uchta. Har bir o‘g‘ilni ikki qiz deb e’tiborga olinsa 11ta qiz bo‘ladi. Shunda 63.000ni 11ga bo‘linadi. 11ta farzandning har biriga 5727dan tegadi. 11tadan 3tasi uch qizga, qolgan 8hissa 4 o‘g‘ilga. Shunda har bir qizga 5727dan har bir o‘g‘ilga 11454dan ulush tegadi.  Mabodo 72.000ga kirmay undan kamiga kirsa ham 8ga bo‘linadi. Masalan 50.000ga sotildi, uni ham 8ga bo‘linadi. 6.250 onaga, qolgan 43.750ni 11ga bo‘linadi. Chunki har bir o‘g‘ilni ham ikki qiz deb hisoblanadi. Shunda qizlarga 3977dan o‘g‘illarning har biriga 7954dan tegadi. Opa va akalaringiz sizga qolishiga rozi bo‘lishsa, hissalarini arzimas pulga bo‘lsa ham sotib olishingiz mumkin. Masalan 10-15.000 so‘mga bo‘lsa ham. Shunda ular o‘z hissalarini sizga sotishgan bo‘lishadi. Opa va akalaringiz sizga qolishiga rozi bo‘lishsa, hissalarini arzimas pulga bo‘lsa ham sotib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar