Maniy kelsa g‘usl qilinadimi?
Assalomu alaykum. Uxlab turganda bir tomchi maniy kelsa ham g‘usl qilinadimi? Bu savolni nega beryapman. Agar ko‘proq maniy kelsa uni payqash mumkin va g‘usl qilinadi. Bir tomchi keladigan bo‘lsa payqamay qolish extimoli bor. Shu holatni kechroq ish vaqtida bilgan odam, peshin namozi vaqtida taxorat qilib o‘qib ketaversa bo‘ladimi? Aks holda namozlarni qazo qilib g‘usl qilib olgandan keyin o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl vojib bo‘lishi uchun maniy beldan shahvat bilan ajrab chiqqan bo‘lishi kerak. Shahvat bilan chiqmasa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Shahvat bilan chiqqan chiqmaganini siz o‘zingiz ajratasiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar