Muscha to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Hovlimizga muscha in qurmoqchi bo‘lsa uydagi kattalar haydab yuborishadi. Buni sababini so‘rasam, muscha behosiyat qush ekanligini aytishdi. Hattoki muscha in qurgan xonadonga qaldirg‘och ham kelmas ekan. Shu muscha haqida biror bir hadis kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U ham bir qush. Uni ilohiylashtirish yoki kasofatlashtirishni hech qanday hojati yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 170 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar