Qazoyu qadarga ishonmaslik
Assalomu alaykum! Bilamizki bizga telvediniya orqalik judaham ko‘p kanallar o‘z ko‘rsatuvlarini xar xil turdagi muhokamaga oid masalalarni ommaga olib chiqilmoqda. Bularning orasida shundaylari borki u ishga fikr bildirgani qo‘rqasan kishi... Sizlarga misol tariqasida keltirib beraman: Bir inson olamdan o‘tdi va uni ommaga olib chiqib muhokama qilishmoqda. Agar bu inson manna bu ishni qilmaganida edi hozir tirik yurgan bo‘lar edi. Kabi so‘zlarga to‘la zal... Endi bu erda qazo va qadar degan narsa bor. Alloh taolo “Hijr” surasida: "Hech bir ummat o‘z ajalidan o‘ztb keta olmas va ortda ham qolmas" deydi. Bu insonni iymoni zaif va Allohni tanimaganligidanmi? Insonlar bunday gaplari bilan oyatga qarshi chiqib qolishmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson har bir yomonlikdan tiyilishga harakat qilish kerak. Ish bo‘lib o‘tganidan keyin esa ibrat ham olishi kerak. Ammo “agar, agar, agar” degan gaplardan saqlanish kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Agar(so‘zi) shaytonning ishini boshlaydi” deganlar. Albatta ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:20 | Savol-javoblar | 176 | Aqiyda