O‘z bilgancha merosni bo‘lish
Alhamdu lillahi robbil a’lamiyn, vassolatu vassalamu ala rasulina Muhammad! Assalamu a’laykum va rohmatullohi va barokatuh!Bismillahir Rohmanir Rohiym!Alloh diniga yordam berganlarga ulkan ajrlar, bizga amal qiladigan ilm bersin!Hurmatli va muhtaram shayx hazratlari, men horijdaligim tufayli kitoblaringizni mutolaa qilishga imkon topmayapman, lekin arzimas va sayoz savollarimizga vaqt ajratib bergan javoblaringiz uchun tashakkur!Savol: buvam (Alloh rahmatiga olsin) qazo qilishlaridan oldin adamga 2 xonali uylarini meros qilib qoldirdilar, lekin buni buvamdan keyin 5 ta ammalarim tan olmay, domni sotib, pulini bo‘lishamiz deb norozi bo‘lishdi. Bu janjalgacha bordi. Men horijdan turib, tinchgina shariat asosida merosni 7 ga bo‘lib, adamga 2 hissa, ammalarimga 1 hissadan qilib bo‘lishishni adamga aytdim, lekin bunga ham ammalar ko‘nishmadi. Oxiri dom adamga qoladigan bo‘ldi. Bir ammamga 2000 $ ni bo‘lib berishga, qolganlariga to‘y hashamida yordamlashishga va uydagi hamma mebellarni ammalarim olib ketishga kelishilibdi, lekin bu noto‘g‘ri bo‘lmadimikan? Na buvam vasiyatlari bo‘yicha, na shariat bo‘yicha bo‘ldi, shu holatda eng to‘g‘ri yo‘l qaysi?Javoblaringiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Assalamu a’laykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi masalalar manfaatdor taraflar ishtirokida, jonli majlisda hal qilinadi. Internetda emas.
5 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi masalalar manfaatdor taraflar ishtirokida, jonli majlisda hal qilinadi. Internetda emas.
5 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat