Sigaret harommi?

Assalomu alaykum! Sigaret chekish harommi? Bir do‘stimni aytishicha aroq harom, sigaret harom emas ekan. Aroqni haromligining sababi xushni yo‘qotb qo‘yganligi, sigaret xushni yo‘qotmaganligi uchun cheksa bo‘lar emish.
Agar sigaret harom bo‘lsa chekayotgan odamning oldida turgan odamga haromga sherik bo‘lish gunohi yozilmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda haromning darajalari bo‘lib, ba’zilari oyat va mutavotir, mashhur hadislar bilan sobit bo‘lgan. Ularni inkor qilish kufrgacha etib boradi. Qur’oni karimda zikri kelgan hamrni inkor qilish kabi. Ba’zilari bu darajada bo‘lmagan dalillar bilan sobit bo‘lgan. U sigaret kabi mufattir (badanni bo‘shashtiruvchi) omillardir. Uni inkor qiluvchilar kofir bo‘lmasalarda gunohkor bo‘lishlari aniq. Ularni qanchalik darajada zararli ekanligini chekuvchilar ham inkor qilmaydilar. Gunohga rozi bo‘lib turish, ayni gunohdir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 205 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar