Javobga izox
Assalomu alaykum! Bir audioda eshitdim: chakmonning (kostyumning) orqasini kesib yurish Lut alayhissalom qavmi amallariga kiradi deb. Shu to‘g‘rimi? Lut alayhissalom qavmlari amallari xaqida ma’lumot beringlar iltimos. Nima uchun ular la’natlangan? Bilimsizlik oqibatida biror nimani xato yozgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Izlash xizmatidan topolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa bas u o‘sha qavm safidandir” deganlar. Bu o‘ta xatarli xabardir. Shuning uchun islom ummati azaldan har sohada fosiq qavmlarga o‘xshab qolishdan, azobga mustahiq bo‘lgan qavmlarga o‘xshab qolishdan qattiq saqlanganlar. Yuqoridagi hadis qulog‘imizga ko‘p bor eshitilaverganidan oddiy gapga aylanib qolgan. Aslida esa u tilovat qilinmaydigan vahiydir. Ya’ni Alloh tarafidan jo‘natilgan xabardir. Ulamolarimiz “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa” degan jumlaga juda ko‘p sharhlar yozganlar. U o‘xshatishdan maqsad nima? Musulmon bo‘lmagan qavmning hamma narsasida ularga o‘xshamaslik kerakmi yoki fosiqliqning shiori bo‘lgan narsalarda ularga o‘xshamaslik kerakmi? Aslida butun sohada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namuna sifatida sunnat qoldirganlar. Biz uni tark qilib o‘zimizni boshqalarga o‘xshatishimiz qanchalik darajada bo‘lishi mumkin? Ulamolar hadisdagi o‘xshatishdan murod boshqa din vakillarining shiori bo‘lgan ishlarda o‘zini o‘xshatishdir. Masalan nasorolarning bo‘yniga taqib yuradigan xochlarini taqib olish, butparastlarning ibodatga xos bo‘lgan kiyimlarini kiyish, dinida buyurilgan shaklda soch qo‘yganlaridek soch qo‘yish, duo qilishda ibodatlari vaqtida qo‘llarini ko‘targanidek qo‘l ko‘tarish, ayollar boshqa din vakillari peshonasiga hol qo‘yganidek hol qo‘yib olishlari, ularning dini man qilgan Islom dini esa ijozat bergan narsalarni esa o‘zlariga man qilib olish, bizda man qilib ularda ijozat berilganlarini o‘zlariga joiz va urf-odat qilib olish, nikoh va motam kabi marosimlarni ayni boshqa dindagilarnikidek qilib o‘tkazish, shuningdek Lut alayhissalomning qavmini amalini qiluvchilar hozirda ham bor. O‘shalarni tusiga kirib olish yoki ularni qo‘llab-quvvatlash, ayollar esa fahsh ishlarni qiluvchi ayollarga soch turmagida, kiyinishda, yurishda o‘zlarini o‘xshatishlari kabilar. Bu o‘xshatishlik zamonlar o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Bir vaqtlar fosiqlarning shiori bo‘lgan ishlar vaqtlar o‘tib shiorlikdan chiqishi mumkin. Avvalda bo‘lmagan fosiqlarning ishorlari hozirda paydo bo‘lishi mumkin. Siz aytgandek kiyimni orqasini kesish bir vaqtlar qaysidir fosiq va la’natlangin qavmlarning amali bo‘lsa, hozirgi kunga kelib u ularning shiori ekanligidan chiqqan. Hech kim o‘zini o‘sha qavmga o‘xshatyapman deb o‘ylamaydi. Hatto xayolining bir chetiga ham kelmaydi. Xuddi shuningdek bir vaqtlar sochni bo‘yin qismini qirish ma’jusiy o‘tparastlarning shiori bo‘lgan. Hozirgi kunda esa hech kim ularning shiori bo‘lganligini bilmaydi ham. Hozirgi kunda o‘sha hadisni ostiga kirib qolmaslik uchun inson ogoh bo‘lishi kerak. Boshqalarda shior bo‘lgan narsalarni o‘ziga odat qilishdan saqlanish kerak. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://islom.uz/view/-725
26 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 172 | Administrator