Qo‘lni o‘pib peshonaga tekkizish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, dinimizda ota onani, o‘zidan kotta insonlarni qo‘lini o‘pib peshonaga teqqizish joizmi? Bunday odat xristian dinida ham bor. Ular o‘z papasini shunday qilishadi. Yaqin insonlarim shunday qilishni boshlashgan, lekin har safar ko‘rganimda bizning dinimiz emas balki xristian dini ko‘z oldimga keladi. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنِ الْوَازِعِ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قَدِمْنَا، فَقِيلَ: ذَاكَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأَخَذْنَا بِيَدَيْهِ وَرِجْلَيْهِ نُقَبِّلُهَا Voze’ ibn Omirdan rivoyat qilinadi:
«Biz borsak, «Ana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam», deyishdi. Biz qo‘llari va oyoqlarini ushlab, o‘pa boshladik».
Sharh: Voze’ ibn Omir o‘z qabilasi Abdul Qays¬ning hay’ati tarkibida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganida, ushbu rivoyatda zikr qilingan hodisa bo‘lib o‘tgan. عَنْ صُهَيْبٍ قَالَ: رَأَيْتُ عَلِيًّا يُقَبِّلُ يَدَ الْعَبَّاسِ وَرِجْلَيْهِ Suhaybdan rivoyat qilinadi:
«Ali Abbosning qo‘l-oyoqlarini o‘payotganini ko‘rdim».
Sharh: Bu ikki rivoyat nodir hisoblanadi. Har qanday ulug‘ kishi bo‘lmasin, birovning oyog‘ini o‘pish bizda odat tusiga kirmagan. Bu haqdagi dalil va hujjatlarni batafsil o‘rgangan faqihlarimiz: «Olim yoki zohid kishidan oyog‘ini o‘pishga imkon berishni talab qilish va bu talabga javob berish, shuningdek, olimlar hamda ulug‘lar huzurida erni o‘pish haromdir. Bu ishni qilgan va unga rozi bo‘lgan ikkisi ham gunohkor bo‘ladi», deyishgan. (“Al-Adab al-Mufrad” kitobidan).
Kim nimani ko‘p ko‘rsa o‘sha ko‘rgani hamma vaqt ko‘z oldida namoyon bo‘laveradi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 178 | Islam