Noo‘rin qarg‘ash

Assalomu Alaykum! Shom namozi vaqti bo‘lgan edi. Onam Namoz o‘qish o‘tirgan ekanlar. Men Namoz vaqti bo‘lganligi uchun joynamoz oldiga kelayotganimda onamning ko‘ylaklari (elkalaridan pastrog‘i 3-4 sm) yirtilganini ko‘rib qoldim, va buni onamga aytdim. U kishi esa ko‘ylaklarini almashtirishdan bosh tortdilar. Men gapimda qattiq turib oldim. Baribir kor qilmadi, va meni haqoratlay boshladilar. Keyin men to u kishi ko‘laklarini almashtirmasalar u kishi bilan namoz o‘qimasligimni aytdim. Shunday qilib bir o‘zlari namozni o‘qib oldilar, keyin men o‘qidim. Bundan boshqa yana shunga o‘xshash hollar bo‘lgan hatto bundan yomoni ham. Menimcha bu onamning ilmsizliklaridan bo‘lsa kerak. Shunaqa meni haqoratlab ancha vaqt o‘tib soviganlaridan keyin shirin so‘z bilan kitob o‘qing desam ham foydasi bo‘lmayapti. Qachon aytsam ham u ishim bor, hali bu ishim bor deb bahona qiladilar. Iltimos maslahat bering. Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri yo‘l tutgansiz. Almashtiring deyishni o‘rniga kamzulini olib chiqib berib “Shuni kiyib olsangiz savobi yanada ko‘p bo‘ladi” desangiz o‘zi kifoya qilar edi. Bir ma’noni bir necha xil yo‘l bilan ifoda qilish mumkin. Masalan ayolidan ajragan bir chol, ziyoratiga kelgan mehmonlar haqqiga duo qilib, “Barchalaringiz kampiringizdan oldin vafot topinglar” dedi. Bu gapdan mehmonlarni rangi o‘zgardi. Agar “Alloh kampirlaringizni umrini sizlarni umringizdan ham ziyoda qilsin” deganida edi, o‘sha ma’noni bildirar lekin mehmonlarning ko‘ngliga tegmagan bo‘lar edi. Siz da’vatni hikmat bilan qilishga harakat qiling. Aks holda to‘g‘rilayman deb sindirib qo‘yasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar