Namozdan keyin zikrlarga ulgurmayman

Assalomu alaykum! Namozdan so‘ng 33 marta tasbeh, xamd, takbir aytiladi. Ba’zan jamoat namozlarida tasbeh aytishga ulgurmay qolaman, yoki to‘liq 33ta aytolmayman. Agar tasbeh aytishga ulgurmasam hamd aytishdan boshlayveraymi yoki 3-4ta tasbeh aytib keyin hamd aytaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom farzni tugatib salom berganidan keyin hamma mustaqil bo‘ladi. Shoshmasdan yoki birortaga qaramasdan hotirjam tasbehlarni oxirigacha etkazib olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar