Saytda berilayotgan savollarni o‘qish

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir xadisda kim birovni xatini o‘qishga intilsa do‘zaxga intilibdi degan gaplarni o‘qigandim. Shu saytga kirib birodarlarimiz berayotgan savollarga javob yozsangiz ularni o‘qishimizni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Saytimizga savol berishda “Shaxsiy” va “Umumiy” degan xizmati bor. Bergan savolini o‘zidan boshqa ko‘rishini xohlamaganlar “Shaxsiy” qilib berishadi. Boshqalar ham o‘qishiga rozi bo‘lganlar “Umumiy” qilib berishadi. Biz ham “Umumiy” qilib berilganlarni holatiga qarab shaxsiy qilib qo‘yamiz. Aslida savollarni 90%ni umumiydan ko‘ra shaxsiylari tashkil qiladi. Ko‘rinib turgan har kungi 10-15ta savol o‘sha 10%dir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar