Tanaga yopishib turuvchi maxsus sport kiymi

Assalomu alaykum! Hurmatli uzstozlar, hozirgi kunda atletika sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus tanaga yopishib turuvchi elastik matodan ishlangan shalvar, ishtonlar mavjud. Harakatlanishga juda ham oson va havo yaxshi otkazib terlashni oldini olganligi uchun juda ham qulay. Bunday kiymni tanaga yopishib turishi meni o‘ylantirb qo‘ydi. Erkaklarga shunday maxsus kiymni sport bilan shug‘ullanayotganda kiyish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kiyimdan maqsad avratni berkitish bilan birga qaysi a’zo qaerda turganini bilinadigan darajada bo‘lmasligi ham kerak. Ulamolar bunday kiyim kiyishni makruh deganlar. Xususan kindik bilan tizzaning tostigacha bo‘lgan joyni erkaklar badanini bilintirmaydigan darajada kiyim kiyishlari kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar