Abu Ubayda raximaxullox mazxablari

Assalomu alaykum! Abu Ubayda raximaxullox mazxablariga o‘tsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kishining mazhabi yo‘q. Aslida birinchi, ikkinchi asrlarda mazhabga ehtiyoj bo‘lmagan, chunki hamma olim bo‘lgan. Olim bo‘lmagan sahobalar esa olim bo‘lganlariga taqlid qilishgan. Lekin shaxsiy darajada bo‘lmagan. Sahobalarning ichida mashhur fatvo beruvchilari bo‘lgan o‘shalarning fatvolariga amal qilganlar. Hazrati Umar zamonasida esa fatvo beruvchilar soni yanada kamaygan. Tobe’inlar zamonasiga o‘tganda yana kamaygan. Taba’ tobe’inlar zamonasiga kelib majtahid darajasidagi fatvo beruvchi olimlar etmishdan ziyod bo‘lishgan. Keyingi davrlarda ularning soni kamayib to‘rttaga tushgan. Ularga taqlid qiluvchilar ko‘r, kar, johil insonlar bo‘lgan emaslar, ko‘r-ko‘rona ergashgan emaslar, balki hamma dalillarni o‘rganib chiqib, masalalar bundan tashqari bo‘lmasligini anglab etganlar. Hozir “mazhabni ushlamaymiz” deganlarni ham aytayotgan masalalariga qarasangiz 90% aytayotganlari ibn Taymiya rahmatullohi alayhning ijtihodlariga taqlid qilishayotgan bo‘lishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar