Tug‘ruq paytida ona vafot qilsa

Assalomu alaykum! Tug‘ruq paytida bola tirik qolib ona bolani tug‘ib vafot qilsa, unga nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Muslima ayol shunday bo‘lsa shahidlik maqomida bo‘ladi deyilgan. Shu o‘rinda bir narsaga qattiq e’tibor berish kerak. Shu ishni o‘zigina insonni najot topishiga kifoya qilmaydi. Hadislarda Allohning yo‘lida shahid bo‘lgan kishi biror kishidan qarz bo‘lsa, to qarzini to‘lamagunicha jannatga kirmaydi – deyilgan. Namoz, ro‘za va boshqa Alloh taolo farz qilgan amallar Allohning haqqi bo‘lib hadisda “Allohning haqqi ado qilinishlika eng loyiqdir” deyilgan. Ya’ni Allohning haqqlarini ham ado qilish farz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:25 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar