Bugungi xolat

Assalomu alaykum! Bir joyda o‘qigan edim lekin eslay olmayapman: "bir zamonlar keladiki dunyoning ishlari sariq boshlilarning qo‘liga o‘tadi ularning qilgan ishlaridan ko‘q musulmonlarning qoni to‘kiladi". Shu ma’nodagi hadis bormi? Bo‘lsa to‘liq matnini keltirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! سَمِعْتُ عَوْفَ بْنَ مَالِكٍ قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي غَزْوَةِ تَبُوكَ، وَهْوَ فِي قُبَّةٍ مِنْ أَدَمٍ، فَقَالَ: اعْدُدْ سِتًّا بَيْنَ يَدَيِ السَّاعَةِ: مَوْتِي، ثُمَّ فَتْحُ بَيْتِ الْمَقْدِسِ، ثُمَّ مُوتَانٌ يَأْخُذُ فِيكُمْ كَقُعَاصِ الْغَنَمِ، ثُمَّ اسْتِفَاضَةُ الْمَالِ حَتَّى يُعْطَى الرَّجُلُ مِائَةَ دِينَارٍ فَيَظَلُّ سَاخِطًا، ثُمَّ فِتْنَةٌ لَا يَبْقَى بَيْتٌ مِنَ الْعَرَبِ إِلَّا دَخَلَتْهُ، ثُمَّ هُدْنَةٌ تَكُونُ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ بَنِي الْأَصْفَرِ فَيَغْدِرُونَ، فَيَأْتُونَكُمْ تَحْتَ ثَمَانِينَ غَايَةً، تَحْتَ كُلِّ غَايَةٍ اثْنَا عَشَرَ أَلْفًا  Avf ibn Molik roziyallohu anhu aytadi:
«Tabuk g‘azotida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldim. U zot teri chodirning ichida ekanlar. Shunda u zot dedilar: «So’at oldidan (bo‘ladigan) oltita narsani sana: mening o‘limim; so‘ng Baytul-Maqdisning fath etilishi; orangizda xuddi qo‘yning o‘lati* kabi tarqaydigan qirg‘in; so‘ng mol-dunyoning to‘lib-toshishi, hatto kishiga yuz dinor berilsa ham (pisand qilmay) achchiqlanadi; so‘ng bir fitna bo‘lib, u kirmagan birorta ham arab xonadoni qolmaydi; so‘ng sizlar bilan Banu Asfar* o‘rtasida yarashuv bo‘ladi, keyin ular xiyonat qilib, saksonta bayroq ostida ustingizga kelishadi, har bir bayroq ostida o‘n ikki ming (kishi) bo‘ladi».

* Biz «o‘lat» deb tarjima qilgan «qu’os» so‘zi hayvonlarda uchraydigan, vabo kabi tez yuqadigan kasallik bo‘lib, u tekkan hayvon burnidan suv oqib, birpasda o‘lib qoladi.
* Banu Asfar – «sariqlar avlodi», rumliklar. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:25 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar