Er va xotin namozi

Assalomu alaykum! Men va erim bir xonada yonma-yon turib, namoz o‘qiymiz. Eshitishimcha bu noto‘g‘ri ekan. Iltimos menga er-xotin bir xonada namoz o‘qish qoidasini aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Javob: Alohida namoz o‘qisalar, yonma yon tursalar zarari yo‘q. Ayol erga iqtido qilsa, albatta erning to‘liq orqasida turishi shart. Yo‘qsa ikkisining ham namozi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:21 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar