Yusuf alayxissalom haqlaridagi qissalar
Assalomu alaykum! Men Yusuf alayhissalom qissasida vazirning ayoli tashlanganda vazir kelib qoladi va bir go‘dak tilga kirib guvoxlik beradi deb eshitganman. Yana boshqa qissada ayolning qandaydir qarindoshi kelib aybdorni topish uchun, uning ko‘ylagini old yoki orqa tomondan yirtilganini tekshirish kerak deydi. Qaysi biri to‘g‘ri? 2). Yusuf alayxissalom qamoqqa tushib qolganlarida bir podshoxning soqiysiga tush ta’birini aytib, u ozodlikka chiqayotganda mening aybsizligimni boshqalarga xam ayt deb undan yordam so‘raydi. Shayton esa soqiyni unuttiradi deyilgan. Ba’zi manbalarda esa Alloh taolodan emas balki bandasidan so‘raganligi uchun yana qamoqda qoldiradi deyilgan. Toki Yusuf alayhissalom xatosini anglasin deb. Bularning qay biri xaqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Oyatda quyidagicha kelgan قَالَ هِيَ رَاوَدَتْنِي عَن نَّفْسِي وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنْ أَهْلِهَا إِن كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِن قُبُلٍ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ الكَاذِبِينَ 26. U: «Uning o‘zi mening nafsimni xohladi», – dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning ko‘ylagi old tomonidan yirtilgan bo‘lsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolg‘onchilardandir. وَإِنْ كَانَ قَمِيصُهُ قُدَّ مِن دُبُرٍ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِن الصَّادِقِينَ 27. Agar uning ko‘ylagi ort tomonidan yirtilgan bo‘lsa, bas, xotin yolg‘on gapiribdir, u rostgo‘ylardandir», – dedi.
Ba’zi tafsirlarda go‘dak tilga kirgan desa boshqalarda boshqacha. Imom Ahmad ibn Hanbalning “Musnad”larida “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Go‘dak bo‘laturib 4 kishi gapirgan” degan va ulardan biri Yusufning guvohi” deb aytganlar. Bu hujjat qilinadigan darajada emas. Qat’iy bir nuqta qo‘yuvchi sahih hadis yo‘q.
2). Ikkisi ham to‘g‘ri. Alloh o‘sha hikmatni iroda qilib unutishga shaytonni sababchi qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:25 | Savol-javoblar | 150 | Siyrat va tarix