Umradagi soch oldirish
Assalomu alaykum! Ota onammi Umra ziyoratiga jo‘natmoqdaman. Ota onam o‘z ota-onalari uchun ham (onammi onalari tirik, onammi dadalari va dadammi ota onalari olamdan o‘tgan) umra amallarini bajarishmoqchi. Bu har ikki holatta ham mumkinmi? Keyin 6158-savolga berilgan javobni o‘qib ikkilanib qoldik. Ya’nikim tushunaolmayabmiz, inson umra ammallarini bajarib bo‘lib sochini to‘liq oladimi yoki 4/1 qisminimi? O‘z amalini qilib bo‘lib sochini oldirgach (to‘liq yoki 4/1) har bir qarindoshi uchun ham umra qilib bo‘lib oldiradimi? Agar birinchi oldirishdan so‘ng o‘sib chiqmagan bo‘lsachi? Iltimos malumot bersanglar adashib qolmaylik! Umra uchun qollanmalarda bu haqda malumot yo‘q ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi erkaklarning sochlari kaltaligi uchun har bir umra qilib ehromdan chiqayotganida tagidan oldirishlari kerak. Aks holda ehromdan chiqqan bo‘lishmaydi. Yurtiga ketib qolsa zimmasiga minoda bir qo‘y so‘yish vojib bo‘ladi. Birinchi umrasidan keyin sochini qirdirsa, ertasi yoki boshqa kuni yana umra qilmoqchi bo‘lsa umrani qilib bo‘lib, yana sochining borini qirdiradi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 15:31 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar