Odam hayotini o‘zgartirishi uchun 8 imkoniyat

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir do‘stim “odamga kuniga 8 ta imkoniyat berilarkan hayotini o‘zgartirishga” dedi, shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّ لِلشَّيْطَانِ لَمَّةً بِابْنِ آدَمَ وَلِلْمَلَكِ لَمَّةً فَأَمَّا لَمَّةُ الشَّيْطَانِ فَإِيعَادٌ بِالشَّرِّ وَتَكْذِيبٌ بِالْحَقِّ وَأَمَّا لَمَّةُ الْمَلَكِ فَإِيعَادٌ بِالْخَيْرِ وَتَصْدِيقٌ بِالْحَقِّ فَمَنْ وَجَدَ ذَلِكَ فَلْيَعْلَمْ أَنَّهُ مِنْ اللَّهِ فَلْيَحْمَدْ اللَّهَ وَمَنْ وَجَدَ الْأُخْرَى فَلْيَتَعَوَّذْ بِاللَّهِ مِنْ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ ثُمَّ قَرَأَ (الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمْ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُمْ بِالْفَحْشَاءِ)الْآيَةَ  Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Shaytonning odam farzandiga qiladigan lamma(vasvasa)si bo‘ladi, farishtaning ham odam farzandiga lammasi bo‘ladi. Shaytonning insonga qiladigan lammasi yomon narsalarni va’da qilishi, haqni yolg‘onga chiqarishi bilan bo‘ladi. Farishtaning lammasi esa yaxshilikni va’da qilish, haqni tasdiq qilish bilan bo‘ladi. Kim qalbida farishtaning lammasini topsa uni Alloh taolo tarafidan unga jo‘natilganligini tushunsin va Allohga hamd aytsin. Narigisini topganlar Allohdan shaytonirrojiymdan panoh berishini so‘rasin” dedilar so‘ngra quyidagi oyatni o‘qidilar:  الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُم بِالْفَحْشَاء وَاللّهُ يَعِدُكُم مَّغْفِرَةً مِّنْهُ وَفَضْلاً وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ۝ Shayton sizga faqirlikni va’da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O‘zidan mag‘firat va fazlni va’da qiladir. Va Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir. (Baqara surasi). Imom Termiziy.
Ushbu hadisga e’tibor qilsangiz inson har qanday holatda bo‘lmasin qalbiga yoki farishtaning limmasi yoki shaytonning limmasi keladi. Inson gunoh qilib qalbida nadomatni sezsa, gunoh qilib qo‘yganini sezsa bu sezish va nadomat Alloh tarafidan tavba qilishga, o‘zini o‘zgartirishga chorlov ekanligini bilishi kerak. Chunki hadisda “Kim qalbida farishtaning lammasini topsa uni Alloh taolo tarafidan unga jo‘natilganligini tushunsin va Allohga hamd aytsin” deb aytilgan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh bandasining tavbasi tufayli shunday bir kishidan ham ko‘ra ko‘proq xursand bo‘ladiki, u kishi kimsasiz sahroda tuyasiga oziq-ovqati ortilgan holda borayotganida tuyasi qochib ketadi. Tuyani topishdan umidi uzilgach, noumid bo‘lib bir daraxt soyasiga borib yotib oladi. Bir vaqt qarasa, tuyasi oldida turibdi. Uning tizginidan tutganicha qattiq xursand bo‘lib ketganidan tili adashib: «Ey Parvardigor! Sen bandamsan, men robbingman», deb yubordi. (Alloh bandasining tavba qilishidan ana shu kishidan ko‘ra ham ko‘proq xursand bo‘ladi)» (Imom Muslim rivoyati). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar