Ishchi yollash

Assalomu alaykum! Xunarmand usta ishni olib shu ishni bitirish uchun kelishilgan oylik maosh evaziga biror odamni yollab ishlatsa bo‘ladimi? Bunda xunarmand ish beruvchidan qancha pul olishini yollanma ishchi bilmaydi. Lekin yollanma ishchining maoshi xunarmand ikkalasi kelishgan xolda aniq qilib olinadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Buning uchun ish beruvchi “O‘zingi qilishing shart” degan shartni qilmagan bo‘lishi kerak. Agar ish beruvchi “O‘zing qilasan” deb shart qo‘ygan bo‘lsa o‘zgaga qildirish joiz emas. Shart qilinmasa boshqani ishlatish joiz. Birinchi odam qanchaga kelishganini aytish shart emas. Albatta shariatimiz insof doirasidan chiqamaslikka chaqiradi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar