Er xotiniga “orani oching” deyish

Assalomu alaykum! Er va xotin o‘zaro janjallashib ayol erga “orani oching” desa er “oramiz ochiq” desa, keyin jaxlida “xotinimmassiz” desa, xotin “boshimni ochib qo‘ying” desa er “boshizi ochib qo‘yishim shartmas” desa, shu holatda o‘rtaga taloq tushadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tushadi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab nechta taloq tushganini bilib olinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar