Sudxo‘r bo‘lib qolmadikmi
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im 2 yil avval o‘rtoqlari bilan sherikchilik asosida ish qilmoqchi bo‘lib pul berganlar. Yani pulni turmush o‘rtog‘im berib o‘rtoqlari o‘sha pulni savdoda aylantirib chiqgan foydani teng ikkiga bo‘lib ish qilmoqchi bo‘lishgan. Ammo biza yaqinda bizni aldab ho‘jayinim bergan pullarini hech qanday savdoga qo‘ymasdan o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini bilib qoldik. 2 yildan beri savdoni foydasi deb bizga pul berib kelmoqda. Endi xo‘jayinim sudxorlik qilgan bo‘lib qolmadilarmi? Agar sudxo‘rlik hisoblansa, olgan pullarini hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar savdoga deb o‘ziga ishlatib yuborgan bo‘lsa, berilgan pul xo‘jayiningiz o‘rtog‘ini zimmasida qarz bo‘ladi. Xo‘jayningiz o‘sha qarzining o‘zini qaytarib olishi kerak bo‘ladi. Shuncha vaqt olgan pullarini hisoblab, agar berganidan ortiqcha olgan bo‘lsa, ortig‘ini qaytarib bersin. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar