Yomon tush ko‘rganda

Assalomu alaykum! Yomon tush ko‘rsa nima duo qilish kerak? Qaysi payt tush o‘ngidan keladi? Umuman tush haqida ma’lumot bersangizlar va javobni telegramda kutamiz. Bu ko‘pchilikka qiziq.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم. حَدَّثَنِي سُلَيْمَانُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، حَدَّثَنَا الْأَوْزَاعِيُّ قَالَ: حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ قَالَ: حَدَّثَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ أَبِي قَتَادَةَ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ مِنَ اللهِ، وَالْحُلُمُ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا حَلَمَ أَحَدُكُمْ حُلُمًا يَخَافُهُ فَلْيَبْصُقْ عَنْ يَسَارِهِ، وَلْيَتَعَوَّذْ بِاللهِ مِنْ شَرِّهَا، فَإِنَّهَا لَا تَضُرُّهُ». Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qiladi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Solih tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz o‘zi qo‘rqadigan bir tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflasin va uning yomonligidan Allohdan panoh so‘rasin, shunda unga zarar qilmaydi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 227 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar