Ish vaqtida Qur’on tinglash

Assalomu aleykum aziz ustozlar! Qimmatbaho vaqtingizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim shundan iboratki Hilol ebook dasturi orqali Fazilatli shayximiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining (Alloh rahmatiga olsin) Tafsiri hilol kitoblarining audio formatini yuklab olganman. O‘zim bozorda bir kattaroq oshxonada oshpaz bo‘lib ishlayman. Uyda sutkada 4-5 soat bo‘lyapman xolos. Shunga ish vaqtida ham kalonka qo‘yib, ya’ni ovqat tayyorlab turganimda ham Qur’onni tinglasam bo‘ladimi? Nodonlik qilib qo‘ygam bo‘lsam uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh barchamizni mag‘firat qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tinglashingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 178 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar