it bor uyda namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men Koreyada ishlab o‘zim yolg‘iz turaman. Dugonalarim atrofdagilardan juda ko‘p eshitmoqdamanki o‘zim bilmasdan kuchuk bolasin olib boqqandim, uydagilar uyda it mumkunmas, namoz o‘qish xam mumkunmas deyishyapti. Namoz o‘qish rostan mumkun emasmi? It men namoz o‘qiydigan xonaga kirmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozni qoldirmang.  عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ، إِلَّا كَلْبَ حَرْثٍ أَوْ مَاشِيَةٍ». قَالَ ابْنُ سِيرِينَ وَأَبُو صَالِحٍ: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِلَّا كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ». وَقَالَ أَبُو حَازِمٍ: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كَلْبَ صَيْدٍ أَوْ مَاشِيَةٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim it boqsa, amalidan har kuni bir qiyrot* kamayadi. Ekin va chorva (qo‘riqlovchi) it mustasno», dedilar».
Ibn Sirin va Abu Solihlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda «...qo‘y, ekin (qo‘riqlovchi it) va ov iti mustasno» deyishgan.
Abu Hozim Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda: «Ov iti va chorva (qo‘riqlovchi) it...» degan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:07 | Savol-javoblar | 185 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar