Hidoyat va inson tabiati
Assalomu alaykum! Jahannam ahli azoblarga chidolmay dunyoga qaytarilishini, yana bir imkoniyat berilishini so‘raydilar. Agar dunyoga qaytib borsak, solih amallar qilib, kufrdan uzoq bolardik, toat-ibodatda bardavom bo‘lardik, deb aytishadi. Lekin ushbu holatga javoban bir narsani eshitdim. Qanchalik haqiqatga yaqin, ya’ni oyat yoki hadis bilan sobit bo‘lganmi bilmoqchi edim. Jahannam ahliga yana imkoniyat berilsa va ular dunyoga qaytib kelsalar, yana oxir-oqibat kufrga ketib, gunoh ishlarni qilib, jahannamga tushadi, deyilgan ekan. Ya’ni ularning jahannam ahli ekanligiga dunyoda Islom haqidagi noto‘g‘ri fikrlar, da’vatning etib kelmaganligi yoki boshqa shunga o‘xshash sabablar emas, balki ularning o‘zidagi buzuqlik, fosiqlik sabab bo‘lar ekan. Ularga qancha imkoniyat berilsa ham, ular baribir jahannam ahlining amalini qiladi, kufr hayotini kechiradi deyilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: وَلَوْ تَرَىَ إِذْ وُقِفُواْ عَلَى النَّارِ فَقَالُواْ يَا لَيْتَنَا نُرَدُّ وَلاَ نُكَذِّبَ بِآيَاتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ 27. Olov ustida to‘xtatilganlarida: «Qani edi qaytarilsak, Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmas edik va mo‘minlardan bo‘lar edik», deyishlarini ko‘rsang edi. Mushriklar noqulay holga tushib qolganda – farishtalar ularni do‘zax ustida to‘xtatganlarida, ajoyib bir holatni ko‘rasan! «Qani edi qaytarilsak, Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmas edik va mo‘minlardan bo‘lar edik», deyishlarini ko‘rsang edi». Ularning «Robbimiz», deyishlariga qara! Ularning Robblari bor emish. Do‘zax ustida to‘xtatilgunlaricha bunaqa gaplarni bilmas edilar. Qara-ya, Robblarining oyatlarini yolg‘onga chiqarmagan mo‘minlardan bo‘lar emishlar. Bu gaplarni endi aytishlariga boq! بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُواْ يُخْفُونَ مِن قَبْلُ وَلَوْ رُدُّواْ لَعَادُواْ لِمَا نُهُواْ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ 28. Yo‘q! Unday emas. Oldin maxfiy tutgan narsalari o‘zlariga oshkor bo‘ldi, xolos. Agar (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o‘zlari man qilingan narsaga qayturlar va albatta, ular yolg‘onchilardir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda