Oilada muomala

Assalomu alaykum! Men ushbu sayt orkali berilgan barcha fatvolarga amal qilaman. Xozir ikki yo‘l o‘rtasidaman. Sizlarni maslaxatingizga zorman. Turmush o‘rtog‘im bilan sevishib turmush qurganmiz. O‘zim Toshkentlik erim esa Jizzaxlik. Qaynona qaynotam Jizzaxda yashaydi. Erim ishdan ta’tilga chiqqan kunidan boshlab meni va bolamni olib Jizzaxga ketadi. Lekin xar safar qaynonam ishimdan kamchilik axtarib urush qiladi. Shu safar borganimizda o‘zimga so‘z berdim qanchalik xaqorat qilsalar xam urushsalar xam indamiman chidiman deb bordim. Lekin bir kun o‘zlarini ayblarini menga tuxmat qilib yana janjal qildilar va o‘g‘limni ajrashtiraman deb uyimga Toshkentga olib kelib tashadilar. Xozir erim Toshkentdagi uyimizda yolg‘iz yashayapti, qaynona qaynotamlar kelin uzr so‘ramasa kemasin deyishibdi. Lekin men qaynonam aytgan gaplaridan juda qattiq xafa bo‘ldim. Ota onamni oldida tuxmat qilib kamsitib tashadilar. O‘zimni ximoya qilib gapirolmadim chunki bir og‘iz gapirsam gap qaytarvotti deb baqirib ketadilar. Qaynona qaynotamga, erimga so‘zsiz bo‘ysunaman, qaynonam namoz o‘qimagin deb talab qo‘ygani uchun Jizzaxga borganda xattoki namozni tashladim. (Alloh kechirsin) Xozir oilam buzilish arafasida. Uzr so‘rab yo‘q ayblarni bo‘ynimga olishim kerak. Lekin uzr so‘raganim bo‘yin egganim ularga meni yanada erga urishlariga sabab bo‘ladi. Chunki erimni xam yoqtirishmaydi, (qaynotam o‘z og‘zi bilan aytgan) oiladagi mexr balansi buzilgan. Xamma yaxshi gaplar va e’tibor qaynukamga atalgan. Erimning xam bundan jaxli chiqadi, lekin ota onasini ko‘nglini og‘ritmaslik uchun indamaydi. Men qanchalik xurmatlarini qilmay baribir kamchiligimni qidirishadi. Shaxarlikman deb kibrlanmiman qishloqqa borsam xamma ishni qilaman. Uzr so‘rash men uchun qiyinmas lekin bundan keyingi xayotimdan xavotirdaman. Ular o‘zgarishmaydi. Buni domlalar bilan masjidda xal qilayliq ular kelinlik vazifasi nima, qaynona qaynotaning xuquqlari qanaqa xammasini tushuntirishadi deganimda, erim domlaga ishonmiman deb javob berdi. Nima qilay maslaxat bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kichik bo‘lsa ham qaynonangizga tez-tez hadyalar berib turing. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bir-biringizga hadya berib turinglar, bir biringizga muhabbatli bo‘lasizlar” deganlar. qaynonangiz nimani yaxshi ko‘rishligini bilib, har borganda o‘shani tayyorlab boring. Inson mehnat bilangina emas shirin so‘z va hadyalar bilan qalbni o‘ziga muhabbatli qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:32 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar