Savop bormi

Assalomu alaykum! Otalarimiz uyda ovqatlanib bo‘gandan keyin egan ichganimizdan xosil bo‘lgan savobodan deb duo qilishadi. Bir ukamiz “oka egan ichgandan savob bo‘midi, bunaqa duo qilib bo‘midi” deb aytdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomdan keyin bunday qilmaganlar. Ushbu duoni o‘qiganlar: عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا رَفَعَ مَائِدَتَهُ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ، غَيْرَ مَكْفِيٍّ، وَلَا مُوَدَّعٍ، وَلَا مُسْتَغْنًى عَنْهُ رَبَّنَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا
وَلِلْبُخَارِيِّ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي كَفَانَا وَأَرْوَانَا غَيْرَ مَكْفِيٍّ وَلَا مَكْفُورٍ
وَلِمُسْلِمٍ وَالتِّرْمِذِيِّ: إِنَّ اللهَ لَيَرْضَى عَنِ الْعَبْدِ أَنْ يَأْكُلَ الْأَكْلَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا أَوْ يَشْرَبَ الشَّرْبَةَ فَيَحْمَدَهُ عَلَيْهَا
وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ طَعَامِهِ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَنَا وَسَقَانَا وَجَعَلَنَا مُسْلِمِينَ
وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالنَّسَائِيِّ: كَانَ إِذَا أَكَلَ أَوْ شَرِبَ قَالَ: الْحَمْدُ ِللهِ الَّذِي أَطْعَمَ وَسَقَى وَسَوَّغَهُ وَجَعَلَ لَهُ مَخْرَجًا
 Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Qachon dasturxonlari yig‘ishtirilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohga ko‘p, poq muborak hamd bo‘lsin. Undan o‘zga kifoyachi yo‘q. U tark qilingan ham emas. Undan behojat ham bo‘linmas. Robbimiz», der edilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Buxoriyning rivoyatida:
«Bizga kifoya qilgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin», deyilgan.
Muslim va Termiziyning rivoyatida:
«Albatta, Alloh bandasining taomni eb, uning uchun U Zotga hamd aytishidan va sharobni ichib, uning uchun U Zotga hamd aytishidan rozi bo‘lur», deyilgan.
«Sunan» sohiblarining rivoyatida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon taomlaridan forig‘ bo‘lsalar:
«Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar»
, deyilgan.
Abu Dovud va Nasaiyning rivoyatida:
«Qachon esalar yoki ichsalar:
«Edirgan, ichirgan uni singdirgan va unga chiqish yo‘li qilgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar»
, deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:31 | Savol-javoblar | 163 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar