Ota-onani rozi qilish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh taolo bandalarini tavxiddan keyin ota onalariga yaxshilik qilishga va ularni roziligini olishga buyurgan. Lekin bunday ulug‘ hukmni hamma ham bajara olmaydi. Meni dindan habarim bor shariyat borasida ozgina ilmga egaman, Alhamdulillah besh vaqt namozimni va vojib namozlarimni qolaversa barcha ibodatlarimni o‘z vaqtida bajarsam deyman. Lekin bunday ulug‘ ibodatlarda bardavom bo‘lish oson emas ekan. Bizni oila dindan ancha uzoq. Ota onam qo‘llaridan kelganicha menga namoz o‘qitmaslikka va dinda uzoqlashtirishga harakat qilishadi. Ular bizni yoki namozni tanla deb shart qo‘yishmoqda! Ikki o‘t orasidaman qiynalib ketdim. Men o‘z hayotimni Ibrohim alayhissalomni hayotlariga qiyoslayman, chunki o‘sha davrda ota onalari u zotni iymondan uzoqlashtirib shirkka buyurishgan bo‘lsa meni ota onam namozdan qaytarib xarom ishlarga buyurishmoqda. Ular din va namoz haqida shunday yomon gaplarni gapirishyaptiki ba’zida dinimga shunday yomon gaplarni olib berayotganim uchun qo‘rqib ketaman. «Allohga osiy bo‘ladigan o‘rinlarda maxluqqa itoat qilinmaydi» degan xadisni o‘qiganman, lekin boshqa bir rivoyatda, «Kimki Allohga itoat qilib, besh vaqt namozini o‘z vaqtida ado etib, ro‘za tutib, zimmasiga yuklatilgan barcha farz vojib ibodatlarni o‘z vaqtida bajarsa, lekin ota onasini rozi qilmasa qilgan barcha amallari habata bo‘lib do‘zaxga tashlanadi va u unda abadiy qoladi» deb eshitgandim. Xullas gapni qisqasi ota onamni rozi qilay desam namoz o‘qishni va ibodatlarimni to‘kis ado etishni iloji yo‘q. Agar ibodatlarimni ado etadigan bo‘lsam ota onam mendan hech qachon rozi bo‘lmaydi. Ota onamga har qancha nasihat qilmayin ularga tushuntirishni yo‘li qolmadi, birgina iloj ular bilan alohida alohida yashashga to‘g‘ri kelmoqda. Boshqa chora qolmadi. Shunday holatda ota onamga yaxshilik qilish zimmamdan soqit boladimi yoki ular din haqida o‘ta jirkanch narsalar aytsalar ham ular bilan birga yashab ularni rozi qilishim kerakmi? Faqat go‘zal muomala bo‘lib ularga gapi o‘tadigan kishilar orqali nasixat qiling demang, chunki bular foyda bermadi. Birgina iloj ota onamdan uzoqroqda yashab ibodatlarni ado etish yoki ota onamni rozi qilib johilona hayot kechirish. Iltimos maslahat beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holatda Alloh taolo buyurgan har bir amalni o‘z o‘rnida bajaring. Bu borada ular har qancha norozimiz desalar ham hech qanday e’tibori yo‘q. Chunki bu holatda ular, aslida roziligini topishlari kerak bo‘lgan Alloh taolo ulardan norozidir. Dunyoviy ishlarda go‘zal muomalada bo‘ling. Noroziliklarini zarracha ahamiyati yo‘q. Sabr qilasiz ajrini olasiz. Bu kabi holatlar sahoba roziyallohu anhumlarning davrlarida juda ko‘p bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday o‘rinlarda ularga islomning eng go‘zal axloqi ila muomalada bo‘lib, ular buyuradigan noshar’iy ishdan chetda bo‘lishni buyurganlar. Siz go‘zal axloq va oliy odob bilan muomala qilavering. عَنْ سَعْدِ بْنِ أَبِي وَقَّاصٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَلَفَتْ أُمُّ سَعْدٍ أَلَّا تُكَلِّمَهُ أَبَدًا، وَلَا تَأْكُلَ وَلَا تَشْرَبَ حَتَّى يَكْفُرَ بِدِينِهِ، وَزَعَمْتَ أَنَّ اللهَ وَصَّاكَ بِوَالِدَيْكَ وَأَنَا أُمُّكَ وَأَنَا آمُرُكَ بِهَذَا، فَمَكَثَتْ ثَلَاثًا حَتَّى غُشِيَ عَلَيْهَا مِنَ الْجَهْدِ، فَقَامَ ابْنٌ لَهَا يُقَالُ لَهُ عُمَارَةُ فَسَقَاهَا. وَفِي رِوَايَةٍ: فَإِذَا أَرَادُوا أَنْ يَسْقُوهَا شَجَرُوا فَاهَا بِعَصًا ثُمَّ أَوْجَرُوهَا، فَجَعَلَتْ تَدْعُو عَلَى سَعْدٍ، فَأَنْزَلَ اللهُ تَعَالَى (وَوَصَّيْنَا الْإِنسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا وَإِن جَاهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا). رَوَاهُ مُسْلِمٌ هُنَا وَالتِّرْمِذِيُّ فِي التَّفْسِيرِ Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Sa’dning onasi unga hatto u o‘z diniga kufr keltirmagunicha hech ham unga gapirmaslikka, eb-ichmaslikka qasam ichdi. Va «Alloh senga ota-onanga itoat qilishga amr qilgan, men onangman, men seni shunga amr qilmoqdaman!» dedi. Bas, uch kun turib, qiynalganidan hushidan ketib, yiqildi. Uning Umora degan o‘g‘li turib, unga (bir narsa) ichirdi». Boshqa rivoyatda: «Qachon unga ichimlik ichirmoqchi bo‘lishsa, og‘zini cho‘p bilan ochib turib, quyishar edi. U Sa’dni duoibad qila boshladi. Bas, Alloh taolo: «Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishingga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma!»ni nozil qildi», deyilgan. Muslim bu erda, Termiziy esa «Tafsir»da rivoyat qilganlar. Sharh: Bu o‘sha vaqtning mushriklari yangi musulmonlarni azoblashning turli uslublarini topganlariga yana bir dalildir. Sa’d ibn Abu Vaqqosga nisbatan u kishining onalari ma’naviy azob bergan. Eng aziz kishi bo‘lmish ona «Diningdan qaytmasang, senga gapirmayman, o‘zim eb-ichmayman», deb turib olishi o‘g‘il uchun eng og‘ir ma’naviy azob bo‘lishi turgan gap. Ehtimol, undan ko‘ra kaltaklab, azob bersalar, engilroq bo‘larmidi?! Sa’d ibn Abu Vaqqosning onalari bilan bo‘lib o‘tgan bu mojara haqida imom Termiziyning yuqorida zikr qilingan «Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishingga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma!» oyatining («Ankabut» surasi, 8-oyat) nozil bo‘lish sababi haqidagi rivoyatlarini o‘rgansak, holat yana ham ravshanlashadi. Imom Termiziy bu haqda quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Ushbu oyat Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu va uning onasi Hamna binti Abu Sufyon haqida nozil bo‘lgan. U onasiga yaxshilik qiluvchi edi. Onasi unga: «Bu yangi dining nima o‘zi? Allohga qasamki, avvalgi holingga qaytmaguningcha, o‘lsam ham ovqat emayman, ichimlik ichmayman. Keyin umrbod shu bilan or-nomusga qolib ketasan. Seni «Ey onasini o‘ldirgan», deb chaqirishadi», dedi. So‘ngra ayol bir kechayu bir kunduz taom emay, ichimlik ichmay yotdi. So‘ngra Sa’d roziyallohu anhu uning oldiga kelib: «Ey onaginam, agar sening yuzta joning bo‘lsa-yu, bitta-bittadan chiqib tursa ham, men dinimdan qaytmayman. Agar xohlasang, eb-ich, xohlamasang, eb-ichma», dedi. Sa’dning dinidan qaytishidan noumid bo‘lgan onasi eb-ichdi. Ana shunda Alloh taolo yuqoridagi oyatni nozil qildi». Ulamolarimiz yuqorida zikri kelgan oyati karimaning Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu haqlarida nozil bo‘lganligini ta’kidlashadi. U kishi Makka yoshlari ichida onasini hurmat qilish bilan nom chiqargan edilar. Boshqa yoshlarga onani ehtirom etishda Sa’d roziyallohu anhu misol qilib ko‘rsatilar edi. Iymonga kelganlaridan so‘ng Sa’d ushbu nozik nuqtada sinovga uchradilar. Ammo u kishi iymonni ustun qo‘ydilar. O‘n etti yoshli yosh yigit Sa’d ibn Abu Vaqqosning din yo‘lida qilgan bu ishlari misli ko‘rilmagan qahramonlik edi. Shu bilan birga, Sa’d ibn Abu Vaqqos onalariga yaxshilik qilishda bardavom bo‘ldilar. Chunki Alloh taoloning «Va ularga bu dunyoda ma’ruf ila sohib bo‘l» degan qavliga binoan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga onalariga yaxshilik qilishda bardavom bo‘lishni amr qilgan edilar. Sa’d ibn Abu Vaqqos dastlabki bosqichdagi musulmonlar duchor bo‘lgan barcha azob-uqubat va mashaqqatlarni dindoshlari bilan birga baham ko‘rdilar. Abu Nu’aym rahmatullohi alayhi «Hulyatul Avliyo»da keltirgan rivoyatda Sa’d ibn Abu Vaqqos quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bizga Makkada hayotning turli og‘irliklari, qiyinchiliklari va mashaqqatlari etar edi. Bizga balo etganda uni e’tirof qildik, unga o‘rgandik va sabr qildik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Makkada edim. Kechasi hojatga chiqdim. Birdan peshobim ostidan shitirlagan narsaning ovozini eshitib qoldim. Qarasam, tuyaning bir parcha terisi ekan. Uni olib, yuvdim, keyin kuydirib, ikki tosh orasiga olib, chaqdim. So‘ng uni suv bilan ichib, uch kun jon saqladim». Sa’d ibn Abu Vaqqos yoshligidan o‘zida jangovarlik sifatlarini mujassam qilgan holda o‘sgan edilar. U kishi kamon otishni juda ko‘p mashq qilar edilar. Shunday qilib, Sa’d ibn Abu Vaqqos o‘z vaqtining eng mohir va mashhur mergan kamonchisi bo‘lib etishdi. U kishining qalbini iymon nuri yoritgan lahzadan boshlab Islomning muxlis lashkariga aylandilar. U kishi har qanday og‘ir holatda ham dushmanga yuzma-yuz kelishdan tap tortmas edilar. O‘sha paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari mushriklardan berkinib, namoz o‘qib yurgan paytlari edi. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu bir guruh sahobiylar bilan Makkaning daralaridan birida yurib borar edilar. Bir payt bir to‘p mushriklar ularning ustilariga bostirib kelib qoldilar. Ular musulmonlarning dinlarini haqoratlab, o‘zlariga tajovuz qildilar. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu tuyaning suyagi bilan mushriklardan birining boshini yordilar. Bu Islom yo‘lda to‘kilgan birinchi qon edi. («Hadis va Hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 189 | Dolzarb savollar