Omma orasida musibatni ketkazish uchun duo qilib qo‘yuvchilar
Assalomu alaykum! Bir tumanda omma orasida hoji ona deb nom qozongan ayol bor. Yuzidan nur yog‘ilib turadi, samimiy kuladi. Xudoni har gapida eslaydi. Ko‘rgan odam farishta ayol ekan digan o‘yga ham boradi. Bu ayol ko‘pchilikni hojatini chiqargani uchun uning duosini olib ketib yurishadi. Folchilik bilan shug‘ullanmaydi. Kuni kecha 30 yoshli turmush qurmagan qizlarimizdan biri uning oldiga borib, turmush qurish masalasida murojaat qilgan. U ayol: "-Seni uyingda daraxtga ilingan qulf turibdi olib kelsang baxtingni ochib beraman" deb aytgan. Haqiqatan o‘sha uyda daraxtda ham qulf bor bo‘lgan. O‘sha qizimiz bilmasa gapirmas ekan deb qulfni keltirsa, u ayol "qulf darrov ochilmaydi 100$ miqdorida pul olib kelasan" deb aytgan. Qizimizning hayron bo‘lib turganini ko‘rib, "nega kulasan, hohlasang so‘m qilib olib kel, lekin shu summa to‘liq berilgan kuni qulfing echiladi" degan. Qizimizning boshi qotgan tarafi uning quyidagi gaplari ham bo‘lmoqda: "- odamlar orasida halollik bilan tanildim. Avliyoman. Shuning uchun bir kunlik odammasman. Hohlasang shu orqali muammoing echiladi". Qizimiz mendan so‘radi: "Pulku topiladi, baxtim ochilsa bo‘ldi. Lekin shu pulni muhtoj odamlarga bersam, qancha savob olaman axir, ishlab topish osonmikan? Nima qilayin? Javob berishdan oldin sizlardan maslahat olishni joiz deb topdim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Valiy zotlar o‘zlarini valiyman deyishmaydi. U ayol hech qanaqasiga valiy emas. Qulf haqidagi gaplari jin bilan aloqa qilishiga dalolat qiladi. Baxt uning qo‘lida emas, Alloh taoloning qo‘lidadir. Shunchalik valiy bo‘lsa 100 dollar tilanarmidi? Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:32 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush